Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini bayram bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini bayram bilan tabrikladi

Toshkent shahridagi Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini ushbu kun bilan samimiy muborakbod etdi.

«Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni ko‘ramiz.

Sizlar tadbirkor, olim, muallim, shifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, xonadonlarimiz farishtasi, oila va jamiyat tayanchi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz», – dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring