Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura Andijon va Toshkentda dorifurushlarni ushladi

Prokuratura Andijon va Toshkentda dorifurushlarni ushladi

Foto: Prokuratura departamenti.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.X.ning (muqaddam sudlangan) “Mustaqillikning 27-yilligi” MFY hududidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 6 dona “Tropikamid” va 97 dona “Pregabalin Capsules” nomli dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.   

Shuningdek, Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 58 dona dori vositasini fuqaro I.G.ga 2,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring