Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpoq milliy taomi – «Baliq qarma» ham patentlandi

Qoraqalpoq milliy taomi – «Baliq qarma» ham patentlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga xos bo‘lgan «Baliq qarma» milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Adliya vazirligiga ko‘ra, geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi «Baliq qarma» nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, sifat standartlarini mustahkamlaydi hamda Qoraqalpog‘istonning hududiy gastronomik brendini targ‘ib etish imkonini kengaytiradi.

Taom Orol dengizi va Amudaryo deltasiga yaqin hududlarda shakllangan qadimiy ovqatlanish an’analari, baliqchilikka tayanuvchi turmush tarzi, shuningdek, o‘ziga xos tayyorlash usuli bilan ajralib turadi.

«Baliq qarma» tarkibida pishirilgan baliq, sho‘rva, 1×1–2×2 sm o‘lchamdagi quritilgan xamir bo‘laklari hamda sabzavotlar ishlatiladi. Sho‘rvaning yuzasidan olingan yog‘ mayda to‘g‘ralgan piyoz ustiga quyilib, taomga xos ta’m va hidni beradi.

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligi va uning sifati, mashhurligi yoki boshqa belgilari o‘sha hududning tabiiy, insoniy va tarixiy omillariga chambarchas bog‘liq bo‘lganini ifodalovchi intellektual mulk ob’yekti hisoblanadi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring