Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqobat qo‘mitasi vazirlik tenderini bekor qildirdi

Raqobat qo‘mitasi vazirlik tenderini bekor qildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Bir manzil, bir telefon — bitta tender» nomli tanqidiy material asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi buyurtmachiligida o‘tkazilgan tanlash savdosini o‘rgandi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 27-iyul kuni markazlashgan tadbirlarni tashkil etish xizmati bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 587,2 million so‘m bo‘lgan tender yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, vazirlik tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya etilmagani aniqlangan. Qo‘mitaga ko‘ra, tender shartlarida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashi mumkin bo‘lgan holatlar mavjud bo‘lgan.

Raqobat qo‘mitasi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan rasmiy so‘rov yuborgan. Shundan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi mazkur tanlash savdosini belgilangan tartibda bekor qildi.

Qo‘mita bu qaror davlat xaridlarida qonuniylikni ta’minlash va tender jarayonlarida teng raqobat muhitini saqlashga qaratilganini ta’kidladi.

Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishlarning bartaraf etilishi davlat mablag‘laridan samarali va shaffof foydalanishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring