San’at Jumaniyozov Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi
Yangiyo‘l tumaniga hokim tayinlandi. Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yakunlandi.
Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tanqidiy-tahliliy ma’ruza qildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ataullayev Odiljon Qosimovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimiga shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgan San’at Shakirovich Jumaniyozov nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan S. Jumaniyazov Yangiyo‘l tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Avvalroq Bekobod shahrida hokim almashgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter