Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoniga safar qiluvchilar keskin ko‘paydi

Saudiya Arabistoniga safar qiluvchilar keskin ko‘paydi

2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 237,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga solishtirganda, 96 ming nafar ko‘proq.

10 oyda Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari:

  • sayohat — 197,9 ming nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash — 38,2 ming nafar;
  • davolanish — 924 nafar;
  • xizmat yuzasidan — 66 nafar;
  • o‘qish — 31 nafar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring