Endi taqiq yoki xatlov qo‘yilgan uyga onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin
O‘zbekistonda taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyga garovga oluvchining roziligisiz ham doimiy yoki vaqtincha onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi.
Endi fuqarolar pasport stoliga borib, navbat kutishsiz, barcha jarayonlarni my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshirishi mumkin.
Buning uchun portalning qidiruv satriga quyidagi xizmatlardan birini kiritish lozim:
- Yashash joyi bo‘yicha (doimiy) ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Turgan joyi bo‘yicha (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tkazish.
Shu bilan birga, mulkdor, garovga oluvchi yoki taqiq qo‘yish (yoki uni bekor qilish) uchun mas’ul organning ichki ishlar organlariga murojaati asosida fuqaroning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bekor qilinishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter