Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida avtobus yo‘lkirasi tariflari o‘zgardi

Toshkent viloyatida avtobus yo‘lkirasi tariflari o‘zgardi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi jamoat transportida yo‘lkira tariflarini yangilash bo‘yicha qaror qabul qildi.

Hujjatga muvofiq, shahar avtobuslarida elektron to‘lov tizimidan foydalanish rag‘batlantiriladi. Endi transport yoki bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda bir martalik yo‘lkira 2 000 so‘m, naqd pulda to‘langanda esa 2 600 so‘m etib belgilanadi.

Shuningdek, bir nafar yo‘lovchining yukini tashish xizmati uchun ham 2 600 so‘m to‘lanadi.

Qarorga asosan, Toshkent viloyati shaharlarida brutto shartnoma asosida harakatlanuvchi barcha shahar avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulsiz qabul qilish amaliyoti to‘liq joriy etiladi.

Bundan tashqari, Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlarida bosqichma-bosqich infokiosklar o‘rnatiladi hamda ular orqali transport kartalarini sotish va to‘ldirish imkoniyatlari yaratiladi.

Mazkur qaror bilan viloyat hokimining 2024 yil 31 maydagi jamoat transporti tariflariga oid avvalgi qarori o‘z kuchini yo‘qotadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring