Toshkentda sifatsiz dori-darmonlarning yirik partiyasi qo‘lga olindi

Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda qonunga xilof ravishda tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.I. va D.T. fuqaro U.Sh.ga xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi 7 600 quti xirurgiya igna ipini 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tadbir davomida, ularning yonidan sotish uchun olib kelingan umumiy bahosi 214,5 mln so‘mlik 23 turdagi 13 621 dona sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter