Umra reklamalarida qonunchilikni buzgan 6 ta turoperatorga chora ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida tarqatilayotgan reklama materiallarining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiqligini muntazam o‘rganib bormoqda.
Navbatdagi monitoring doirasida turoperatorlar tomonidan «Umra» tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tarqatilgan reklama materiallari tahlil qilindi. O‘rganishlar jarayonida bir qator reklama e’lonlarida qonunchilik talablariga rioya etilmagani aniqlangan.
Natijada Qo‘mitaning Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan olti turoperatorning ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan reklamalari yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Ma’lum qilinishicha, «Hamroh Tour», «Kabadoshlarim», «Yuksak Trevel», «Murabbiy Travel», «Hikmat Travel» hamda «Infin Tour»ning Instagram va Telegram sahifalarida tarqatilgan reklama materiallarida qonunchilik talablari buzilgan.
Ushbu holatlar yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qo‘mita qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa zarur ta’sir choralari ham ko‘rilishini ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, reklama materiallarining qonun talablariga muvofiqligini nazorat qilish ishlari izchil davom ettiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter