Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijda muammoga uchragan o‘zbekistonliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilishi mumkin

Xorijda muammoga uchragan o‘zbekistonliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilishi mumkin

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Turizm qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan «Xavfsiz turizm» jamg‘armasini tashkil etish taklif qilinmoqda.

Loyihada qayd etilishicha, jamg‘arma chiqish turizmi vaqtida chet elda muammoga duch kelgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Jumladan, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan turoperator yoki turagentning harakati yoki harakatsizligi oqibatida turistlarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni vaqtincha joylashtirish, oziq-ovqat, transport, aloqa, evakuatsiya va repatriatsiya bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish nazarda tutilgan.

Mablag‘lar sud qarori, turist yoki uning qonuniy vakilining murojaati, shuningdek, Turizm qo‘mitasining asoslantirilgan qaroriga muvofiq sarflanishi belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjat hozircha Hukumat qarori loyihasi bo‘lib, hali qabul qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring