Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zaharlangan bolalarning deyarli barchasi tuzaldi

Zaharlangan bolalarning deyarli barchasi tuzaldi

Foto: Xabar.uz

Toshkent viloyatidagi bir nechta maktabgacha ta’lim muassasalarida zaharlangan bolalarning deyarli hammasi tuzaldi

30-sentyabr holatiga ko‘ra, shifoxonaga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi to‘liq sog‘ayib, oilalari bag‘riga qaytdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan maxsus shtab a’zosi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov shu haqda axborot berdi.

Hozirda uch nafar bola shifoxonada qolmoqda. Ularning holati ham barqaror. Joylarda ko‘rsatilayotgan autsorsing xizmatlari sifati ustidan nazorat tizimi yanada kuchaytiriladi. 

Bu jarayonga ota-onalar, ekspertlar va jurnalistlardan iborat jamoatchilik komissiyasi ham jalb etilib, ularning xulosalari jamoatchilikka muntazam yetkazib boriladi. 

Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi bunday holatlarning oldini olish uchun tizimli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Bu choralar nafaqat mavjud holatni bartaraf etishga, balki kelgusida bu kabi holatlarning takrorlanishini oldini olishga ham qaratilgan, deyiladi vazirlik xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring