Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya mundial ostonasida muhim futbolchisini yo‘qotdi — Eriksen yana hushidan ketdi

Daniya mundial ostonasida muhim futbolchisini yo‘qotdi — Eriksen yana hushidan ketdi

Foto: Getty Images

Daniya terma jamoasi futbolchisi Kristian Eriksen Ukraina bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida hushidan ketdi.

Eriksen 65-daqiqada ko‘ksini ushlab yiqildi va hushini yo‘qotdi. Shundan so‘ng o‘yin to‘xtatildi, so‘ngra bekor qilindi. Daniya terma jamoasi keyinroq bayonot berishicha, 34 yoshli sportchi hushiga kelib, maydonni o‘zi tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 turnirida Finlyandiyaga qarshi o‘yinda Kristian Eriksen maydonda hayot bilan vidolashishiga bir bahya qolgandi (yuragida muammo paydo bo‘lgandi).

O‘shandan so‘ng unga kardiostimulyator o‘rnatilgan va u professional faoliyatini davom ettirib kelayotgandi. A Seriya futbolchilariga kardiostimulyator bilan o‘ynash taqiqlangani sababli, u «Inter» bilan majburan xayrlashdi. Keyingi klublari «Brentford», «Manchester Yunayted» va hozirgi «Volfsburg» bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring