Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi (foto)

O‘zbekiston Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi (foto)

Foto: O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Kuchli raqibga qarshi kechgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan boshlab Niderlandiya terma jamoasi to‘p nazoratini qo‘lga olib, hujumkor o‘yin namoyish etdi. 31-daqiqada Jahongir O‘rozov raqibga qarshi qoidani buzdi. Natijada 32-daqiqada Niderlandiya foydasiga penalti tayinlandi va Kodi Gakpo aniq zarba berib, hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim mezbonlarning minimal ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi hisobni tenglashtirish uchun faolroq harakat qila boshladi va bir nechta istiqbolli hujumlar uyushtirdi. Biroq asosiy vaqtda hisob o‘zgarmadi. 86-daqiqada Niderlandiya o‘yinchisi qo‘l bilan o‘yin sabab chetlatildi. Biroq Otabek Shukurov jarima zarbasini aniq yo‘naltira olmadi.

Asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+2-daqiqada Igor Sergeyev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 90+8-daqiqada Kodi Gakpo yana penaltidan aniq zarba berib, Niderlandiyaga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Niderlandiyani 2:1 hisobda mag‘lub etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring