Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Registon maydoni dunyoning eng go‘zal maskanlari reytingiga kiritildi

Registon maydoni dunyoning eng go‘zal maskanlari reytingiga kiritildi

Foto: Xabar.uz

Time Out nashri Samarqand shahridagi Registon maydonini dunyoning eng go‘zal manzillari ro‘yxatiga kiritdi. Bu yerdagi XV–XVII asrlarga oid madrasalar, naqshinkor gumbazlar va me’moriy majmualar betakror go‘zalikka egaligi e’tirof etildi.

Nashr 2026-yil uchun tuzgan dunyoning go‘zal maskanlari ro‘yxatiga jami 51 ta joy kiritilgan. Reytingga mutaxassislar va sayohatchi yozuvchilarning tajribalari asos qilib olingan bo‘lib, unda tabiat manzaralari, qadimiy shaharlar va noyob me’morchilik ob’yektlari jamlangan.

Yangilangan reytingda Ispaniyadagi Picos de Europa tog‘lari (1-o‘rin), «Komodo National Park» (2-o‘rin, Indoneziya), Nyu-Yorkdagi «Morgan Library and Museum» kutubxonasi (3-o‘rin) yuqori baholangan.

Italiyaning Bolonya shahridagi tarixiy markaz va Sardiniyadagi Kapo Testa yarimoroli kabi manzillar ilk bor reytingga kiritildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring