Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 Madaniyat xodimlarining ayrimlari maoshlari oshiriladi – loyiha

 Madaniyat xodimlarining ayrimlari maoshlari oshiriladi – loyiha

2026-yil yanvardan boshlab Madaniyat vazirligi tasarrufidagi teatr va konsert-tomosha muassasalarida faoliyat yurituvchi raqs sohasi vakillarining (raqs jamoasining badiiy rahbar, baletmeyster, balet artisti, repetitorlar) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatdan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlarini 3 koeffitsiyentga oshirish rejalashtirilyapti.

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, bu – O‘zbek milliy san’atini jahon sahnalarida keng targ‘ib qilish, betakror madaniyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan milliy raqs san’atini har tomonlama rivojlantirish, yosh avlodni milliy va jahon raqs san’ati namunalaridan keng bahramand etish, o‘ziga xos raqs maktablari va an’analarini yangi bosqichda ravnaq toptirish hamda xalqaro nufuzini oshirish, raqs san’ati ijodkorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ish haqi miqdorlarini oshirilishi yuzasidan zarur bo‘ladigan mablag‘larni 2026 yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring