Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

6 oy mobaynida Toshkent metrosidan qancha odam foydalangani ma’lum qilindi

6 oy mobaynida Toshkent metrosidan qancha odam foydalangani ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda metropoliten orqali 155,6 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 7 foizga yuqori bo‘lgan.

Shuningdek, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, metropoliten orqali jami 286,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu 2000-yildagi 125,7 mln nafarlik ko‘rsatkichga nisbatan 161,1 mln nafarga yoki qariyb 2,3 barobarga ko‘pdir.

Metropoliten faoliyatida eng katta pasayish 2020-yilda qayd etilgan. O‘sha yili pandemiya cheklovlari ta’sirida yo‘lovchilar soni 38,8 mln nafargacha tushgan.

Keyingi yillarda esa barqaror o‘sish kuzatildi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 101,8 mln nafarga, 2022-yilda 136,7 mln nafarga, 2023-yilda 172 mln nafarga yetdi.

2024-yilda metro orqali 270,3 mln nafar yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2025-yilda ushbu raqam 286,8 mln nafargacha oshdi. 2026-yilning birinchi yarim yilligi natijalari ham mazkur o‘sish sur’ati saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring