Abduqodir Husanov jahon chempionatining eng tezkor futbolchilari uchligidan joy oldi
2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatning ilk turida eng yuqori tezlik ko‘rsatgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatdan O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy olgan.
FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, turnirda hozirgacha eng yuqori tezlikni Avstraliya terma jamoasi himoyachisi Jordan Bos qayd etgan — u 36,7 km/soat tezlikda harakatlangan.
Abduqodir Husanov esa 36,5 km/soat tezlik bilan turnirning eng tezkor futbolchilari qatorida Norvegiya terma jamoasi hujumchisi va «Manchester siti»dagi jamoadoshi Erling Holand bilan bir xil natija ko‘rsatdi. Ikkala futbolchi ham umumiy reytingda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Kilian Mbappe, Son Hyon Min va Pedru Netu kabi dunyoning mashhur tezkor futbolchilari esa bu safar yetakchi uchlikdan ortda qoldi.
Kuchli o‘ntalikdan quyidagi futbolchilar o‘rin oldi:
- Jordan Bos (Avstraliya) — 36,7 km/soat
- Erling Holand (Norvegiya) — 36,5 km/soat
- Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) — 36,5 km/soat
- Muhammad Ture (Avstraliya) — 35,8 km/soat
- Rayan Gravenberx (Niderlandiya) — 35,6 km/soat
- Alan Minda (Ekvador) — 35,5 km/soat
- Son Hyon Min (Janubiy Koreya) — 35,2 km/soat
- Jed Spens (Angliya) — 35,2 km/soat
- Kilian Mbappe (Fransiya) — 35,1 km/soat
- Pedru Netu (Portugaliya) — 34,8 km/soat
- Esmir Bayraktarevich (Bosniya va Gersegovina) — 34,8 km/soat


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter