Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytiradi

Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytiradi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi. Shuningdek, jamoa vingeri Jeremi Doku ham xuddi shu muddatgacha yangi bitim imzolashga yaqin.

22 yoshli Husanov 2025 yilning yanvar oyida Fransiyaning «Lans» klubidan «Manchester Siti»ga kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsumda asosiy himoyachilarning jarohatlari ortidan jamoaning asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin egalladi.

Husanovning klub bilan mavjud shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi. Biroq, klub ma’muriyati o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma muddatini yana ikki yilga uzaytirishga qaror qilgan. Rasmiy e’lon yaqin kunlarda kutilayotgani aytilmoqda.

Husanov o‘tgan mavsumda «Manchester Siti» safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo‘lga kiritishda ishtirok etgan. Shuningdek, u O‘zbekiston terma jamoasi bilan mamlakat tarixidagi ilk jahon chempionatida qatnashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring