Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aktrisa bilan «ijodiy uchrashuv» o‘tkazgan maktab ma’muriyatiga chora ko‘riladi

Aktrisa bilan «ijodiy uchrashuv» o‘tkazgan maktab ma’muriyatiga chora ko‘riladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda o‘quvchilar uchun ijodiy kecha o‘tkazilgani va unda aktrisa Nilufar Hamidova ishtirok etgani aks etgan videolavha tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bergan rasmiy munosabatga ko‘ra, 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tadbir Oqqo‘rg‘on tumani hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan «ijodiy uchrashuv» doirasida  tashkil etilgan.

Tadbirga hududdagi «Qushtamg‘ali» mahallasi yoshlar yetakchisi O.A. hamda maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.R. «bosh-qosh» bo‘lgan.

«Biroq, mazkur tadbir haqida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limiga oldindan ma’lumot taqdim etilmagan. Bu esa belgilangan tartib-qoidalarning qo‘pol ravishda buzilganini ko‘rsatadi», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Ta’kidlanishicha, hozirda holat o‘rganilyapti. Tadbirga mas’ul bo‘lgan shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring