Andijonda salkam yarim milliard so‘mlik o‘g‘irlik fosh qilindi
Andijon viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Unda “C.N.” hamda “M.D.” MChJ rahbarlari “Sanoat” MFY hududidagi ishlab chiqarish korxonalarida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 430,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter