AQSh zamonaviy urushlarga tayyor emas — NYT
AQShning Abraham Lincoln aviatashuvchisi.
AQSh qariyb trillion dollarlik harbiy budjetga qaramay, zamonaviy urushga tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda The New York Times.

Nashrga ko‘ra, Eron raketalar va dronlar hisobiga bosimni saqlagan holda kuchli pozitsiyalarni egallab turibdi.
AQShning muammosi — qimmat tizimlarga tayanish va qurol-yarog‘ni tez ishlab chiqarish qobiliyatining pastligi, vaholanki, zamonaviy urush oddiyroq va arzon yechimlarni talab qiladi.
Qo‘shma Shtatlar islohotlar o‘tkazishi, jumladan, dronlarni rivojlantirishi va mudofaa sanoatini modernizatsiya qilishi kerak, deyiladi xabarda.
CBS News telekanali amerikalik mulozimlarga asoslanib xabar berishicha, AQSh Eronga qarshi harbiy amaliyotga shu paytgacha taxminan 50 mlrd dollar sarflagan. Bu Pentagon ochiqlagan mablag‘dan (25 mlrd dollar) ikki karra ko‘p.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter