Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda podezdda pichoq bilan yurgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda podezdda pichoq bilan yurgan shaxs qo‘lga olindi

Kollaj: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs ko‘p qavatli uy yo‘lagida pichoq ko‘tarib harakatlanganligi aks etgan video yuzasidan poytaxt IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 yanvar kuni tungi soat 01.35 larda 1984 yilda tug‘ilgan O.S. mast holatda, Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida qo‘shnisi D.Yu.ning eshigini taqillatib, uni bezovta qilgan. U jamoat joyida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyoni qonunga xilof ravishda olib yurib, jamoat tartibini buzgan. Ushbu holat yuzasidan tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan chora ko‘rilgan va huquqbuzar ma’muriy tartibda ushlangan.

Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro O.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (“Mayda bezorilik”), 185 prim.2 (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish”), 194 (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan ushbu shaxsga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring