Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asfaltni «yeb yuborgan» boshqarma mas’ullari aniqlandi

Asfaltni «yeb yuborgan» boshqarma mas’ullari aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Ikki hududda ming tonnadan ortiq asfalt talon-toroj qilindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari 6 ta ichki yo‘llarda asfaltlash ishlarni bajarmasdan, xarid qilingan 348,7 mln so‘mlik 634 tonna asfaltni naqd pulga sotib yuborib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Departamentning Parkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, «G.W.» MChJ tomonidan 540 tonna asfalt yetkazib berilmagan bo‘lsa-da, qabul qilib olinganligi haqida soxta hisob-fakturalar rasmiylashtirib, 324 mln so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring