Avgust oyi uchun taxminiy ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Joriy yilning avgust oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda? O‘rtacha oylik harorat ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-2-avgust kunlari havo harorati 38-41 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajaga yetadi. Keyinchalik harorat foni 3-5 darajaga pasayadi va havo harorati asosan 33-38 daraja atrofida, ba’zi joylarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Oyning oxiriga kelib, O‘zbekiston hududiga salqin havo kirishi va harorat asta-sekin 25-30 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.
Avgust oyining birinchi yarmida harorat asosan kechalari 24-27 daraja, ikkinchi yarmida 17-22 daraja, oyning oxiriga 12-15 darajagacha pasayadi.
Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan ko‘p, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ammo avgust oyida oylik yog‘ingarchilik me’yori juda kamligini unutmaslik kerak.
Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlarda, asosan, jadalligi biroz bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter