Avtomashina olib qochib, IIO xodimini pichoqlagan ikki yigitga hukm o‘qildi
Joriy yilning 2 avgust kuni 18 yoshli ikki nafar yigit o‘zlari Samarqand shahridan yo‘lovchi sifatida mingan Cobalt mashinasini Sirdaryo viloyati hududida haydovchi hojatxonaga kirganidan foydalanib, olib qochgani va to‘sib ushlash rejasi bo‘yicha harakat qilib, ularni to‘xtatishga uringan Bo‘ka tumani IIB xodimini pichoqlagani va uning Matiz mashinasini haydab ketishgani haqida xabar tarqalgan edi.
Mazkur shaxslarning qilmishiga doir jinoiy ish JB Bo‘ka tumani sudida ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, ular IIO xodimini jarohatlab, uning mashinasini ham olib qochib ketgan vaqtida Ohangaronda YPX xodimi to‘xtatgan, ammo ular mashinani xodim ustiga haydab, u yerdan ham qochib ketishgan.
JB Bo‘ka tumani sudi hukmi bilan jinoyatchilardan biri Jinoyat kodeksining 25-, 97- va 267-moddalari bilan 9 yil 6 oy, ikkinchisi esa shu moddalar bilan 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter