Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Axios: Rossiya va Ukraina Abu-Dabida muzokara o‘tkazmoqda

Axios: Rossiya va Ukraina Abu-Dabida muzokara o‘tkazmoqda

Kirill Budanov.

Foto: Getty Images.

Axios nashri manbasi Abu-Dabida Rossiya vakillari Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov boshchiligidagi Ukraina delegatsiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.

Bugun, 25-noyabr kuni u yerda Rossiya va AQSh delegatsiyasi o‘rtasida tinchlik rejasini muhokama qilish uchun uchrashuv ham bo‘lib o‘tmoqda. 

Axios manbasi "Ukraina va Rossiya harbiy razvedkasi rahbarlari Abu-Dabida boshqa mavzu bo‘yicha uchrashishlari kerak edi" deb xabar berdi. Manbaga ko‘ra, AQSh armiyasi kotibi Den Driskollning Abu-Dabiga tashrifi "ikkala tomon uchun ham kutilmagan voqea bo‘ldi va ularning rejalarini o‘zgartirdi". 

Den Driskollning matbuot kotibi Jeff Tolbert Abu-Dabidagi Rossiya delegatsiyasi bilan AQSh muzokaralari "yaxshi ketayotganini" va Vashington "optimistik kayfiyatda" ekanligini xabar qildi. Axios manbasining aniqlik kiritishicha, AQSh delegatsiyasi Ukraina tomoni bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Abu-Dabidan yangiliklarni kuzatib borayotganini aytdi, ammo boshqa izoh bermadi.

Avvalroq Ukraina AQSh tinchlik rejasiga rozilik bildirgani xabar berilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring