Bayram kunlari poyezd, avtobus va samolyotlarda qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Bayram kunlarida aholining O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida temir yo‘l, avtomobil va havo transportida qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi.
Temir yo‘lda Toshkent–Xiva, Toshkent–Qo‘ng‘irot, Toshkent–Shovot, Toshkent–Termiz va Toshkent–Sariosiyo yo‘nalishlaridagi poyezdlarga 4 tagacha qo‘shimcha vagon ulanadi.
Shuningdek, Toshkent–Samarqand, Toshkent–Buxoro va Toshkent–Urganch yo‘nalishlarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Ular bayramdan ikki kun oldin boshlanib, bayramdan keyingi ikki kun davom etadi.
Viloyatlararo avtobus yo‘nalishlarida ham qo‘shimcha reyslar tashkil etiladi. Toshkent–Janubiy temir yo‘l vokzali hududida viloyatlararo avtobuslar uchun zaxira to‘xtash joyi ajratiladi.
Havo transportida esa bayramdan kamida ikki kun oldin Toshkent–Urganch, Toshkent–Nukus, Toshkent–Buxoro va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida qo‘shimcha aviareyslar amalga oshiriladi.
Mazkur choralar bayram kunlarida ichki turizmni rag‘batlantirish va turistik hududlarga borish-kelishni yengillashtirishga qaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter