Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pedofillar umrbod qamoq bilan jazolanishi kerak – deputat

Pedofillar umrbod qamoq bilan jazolanishi kerak – deputat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Milliy tiklanish» DP fraksiyasi a’zosi Dilnoza Azizova pedofillarga nisbatan qat’iy jazo tayinlashni taklif qilmoqda.

«Namangandagi voqea — faqat bir pedofilning razolati emas, bu jinoyatni yillar davomida «axloq tuzatish ishlari» degan yumshoq ifoda bilan oqlab kelgan tizimning yuzi. Bolaning hayoti bilan o‘ynash mumkin emas. Bu faqat jinoyat emas — insoniylikka qarshi qo‘zg‘olon.

Shunday pedofillar jazo muddatini «yaxshi xulq» bahonasi bilan qisqartirib, ko‘chada erkin yurgani — davlatning bolaga bo‘lgan munosabatidan darak. Qonun faqat qog‘ozda emas, hayotda ham qattiq bo‘lishi kerak. Bunday jinoyatchilar uchun kechirish, yengillik yoki «yaxshi xulq» degan gap bo‘lmasligi shartligining yana bir isbotiga guvoh bo‘ldik», – deb yozadi deputat.

U, shuningdek, 2024 yilda Jinoyat kodeksiga jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish 18 yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun qo‘llanmasligi belgilab qo‘yilganini eslatadi.

«Ammo bugun bolalarimizni asrash uchun qonunchilikni yanada qat’iy jazo choralarini qo‘llashimiz zarur deb hisoblayman.

Mening talabim qat’iy, bolalarga nisbatan har qanday jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qonun darajasida belgilashning vaqti keldi.

Bola — millatning kelajagi degan so‘zni ko‘p aytamiz. Lekin har bir bunday voqea shu so‘zni yolg‘onga chiqarayapti. Agar biz hali ham shunday pedofillarga yengil munosabatda bo‘lsak, demak, kelajakni qo‘limiz bilan yo‘q qilayapmiz», – deb yozadi D.Azizova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring