Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun poytaxt va Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun poytaxt va Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim hududlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 35–40 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarida 41–42 darajagacha isiydi.

Toshkentda kam bulutli, ba’zi vaqtlarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishda shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37–39 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Ba’zi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26–31 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring