Bugun Toshkentda harorat 36 darajagacha tushishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 33–38 daraja, janubda 40–42 darajagacha bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 12–14 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 36–38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28–33 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter