Demokratlar AQSh Vakillar palatasi ustidan ham nazoratni qo‘lga kiritdi
Associated Press va Reuters xabarlariga ko‘ra, demokratlar Vakillar palatasida ko‘pchilik uchun zarur bo‘lgan kamida 218 ta o‘rinni egalladi. Avvalroq ular Senat ustidan ham nazoratni qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa, prezident Donald Trampning Respublikachilar partiyasi Kongressdagi ustunligini yo‘qotdi.
Yangi tarkibdagi Kongress 2027-yil yanvarda ish boshlaydi. Demokratlar qonunchilik tashabbuslarini nazorat qilish, prezident ma’muriyati faoliyati yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish va Trampning ayrim qarorlariga to‘sqinlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter