Donorlarga qo‘shimcha dam olish kuni berilishini bilarmidingiz?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 202-moddasiga muvofiq, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan donorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tish kunida hamda qon topshiriladigan kunda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.
Shuningdek, qon topshirilganidan so‘ng donorga qo‘shimcha bir kun dam olish beriladi. Xodimning xohishiga ko‘ra ushbu kun har yilgi mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki yilning boshqa vaqtida foydalanilishi mumkin.
Ushbu kafolatlar donorlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi o‘rtasida beg‘araz qon topshirish harakatini rag‘batlantirishga qaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter