Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeIda birinchi: Fransiyada 15 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

YeIda birinchi: Fransiyada 15 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1-sentyabrdan boshlab ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

Tegishli qonun loyihasi parlament tomonidan ma’qullab bo‘lingan. France 24 ma’lumot berishicha, 81 nafar deputat qonun qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan, yoqlaganlar — 279 nafar.

Makronning ta’kidlashicha, bunday tashabbuslar Fransiyani internetda bolalar va o‘smirlarni himoya qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylantiradi.

1-sentyabrdan kuchga kiradigan qonunning birinchi bosqichi 15 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlar yaratishni taqiqlashni nazarda tutadi. 2027-yilning yanvaridan esa ushbu cheklov mavjud hisob qaydnomalariga ham tatbiq etiladi. Bunda platformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshirishi shart bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring