Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan hokim o‘rinbosarining «ish»i tekshiriladi

Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan hokim o‘rinbosarining «ish»i tekshiriladi

Bir muddat oldin Buvayda tumani Nayman qishlog‘idagi zovur atrofida daraxtlarning noqonuniy kesilishiga qarshi turgan Ekoqo‘mita inspektoriga ushbu tuman hokimi o‘rinbosarining qarshilik ko‘rsatgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi.

Videotasvirlarda inspektor A.Niyozovning hokim o‘rinbosari hamda qo‘riqchi kiyimidagi fuqarolar tomonidan noma’lum tomonga olib ketilgani ko‘rinadi.

Qayd etilishicha, aholi murojaatiga asosan holat joyiga tezkor yetib borgan Ekoqo‘mita inspektori noqonuniy daraxt kesish holatini to‘xtatmoqchi va belgilangan tartibda rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati holat yuzasidan ishchi guruh tuzilgani va voqea joyida o‘rganish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. 

Viloyat IIB esa inspektor  IIBga olib kelinmaganini, Buvayda tumani hokimligi vakillarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring