Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektron sigaretalarni o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Elektron sigaretalarni o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Joriy yil 27-noyabrdagi O‘RQ–1098-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o‘tkazish, ishlab chiqarish O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Jumladan, shunday holatlar ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bunda ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Bundan tashqari «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi Qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring