Iyulda eskrou tizimi orqali 34 mingdan ortiq oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirildi
2026 yil iyul oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va transport vositalarining eskrou hisobvaraqlari orqali oldi-sotdisi bo‘yicha 34 341 ta bitim rasmiylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Rasmiylashtirilgan bitimlarning 18 306 tasi (53,3 foiz) transport vositalari, 16 035 tasi (46,7 foiz) esa ko‘chmas mulk hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, 1 096 ta bitim ko‘rib chiqilish jarayonida.
Hududlar kesimida eng yuqori faollik Toshkent shahrida kuzatilib, iyul oyida 9 674 ta bitim qayd etilgan. Bu respublika bo‘yicha jami bitimlarning 28,1 foizini tashkil etadi.
Shuningdek, bitimlar soni bo‘yicha:
- Farg‘ona viloyati — 3 401 ta;
- Samarqand viloyati — 2 810 ta;
- Andijon viloyati — 2 567 ta bitim bilan yetakchi hududlar qatoridan joy oldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter