Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada bog‘cha tarbiyalanuvchilari ommaviy zaharlandi

Farg‘onada bog‘cha tarbiyalanuvchilari ommaviy zaharlandi

Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi qayd etildi. Holat bo‘yicha Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joriy yil 21 fevral kuni soat 19:00 dan boshlab Farg‘ona shahar hududida joylashgan 2-sonli, 58-sonli va 61-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tana haroratini ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, holsizlik, ko‘ngil aynishi, ich o‘tishi belgilari bilan murojaat bilan kelishgan.

Aniqlanishicha, bemorlarda qorin sohasida og‘riq, ich ketishi, haroratni ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi kabi sog‘lig‘ida salbiy holatlar kuzatilgan. Shifoxonada davolovchi vrachlar tomonidan bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, "O‘tkir diareya kasalligi, alimentar etiologiyali" tashxisi bilan diareya bo‘limiga yotqizilgan.

"Hozirda bo‘limda 62 nafar bemorlar statsionar davolanayotgan bo‘lib, holati yaxshi," - deyiladi xabarda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari bog‘chalarning oshxonalarida va ovqat yetkazib beruvchi korxonada tekshiruvlar o‘tkazib, bolalar iste’mol qilgan taomlardan laboratoriya namunalari olib tekshirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring