Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA Argentina futbolchilari janjali yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi

FIFA Argentina futbolchilari janjali yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi

Foto: AP

Futbol bo‘yicha jahon chempionati nafaqat Ispaniyaning g‘alabasi, balki final o‘yinining ikkinchi ishtirokchisi Argentina terma jamoasiga qarshi misli ko‘rilmagan norozilik bilan ham yodda qolmoqda.

Argentina termasi jamoasini FIFA musobaqalaridan chetlatishga doir petitsiya rekord darajada – 23,3 millionta ovoz yig‘di.

Petitsiya mualliflari e’tiborsizlik uchun FIFAdan yozg‘irgan bo‘lsa, “g‘irrom” Argentinani mag‘lub etgani uchun Ispaniya terma jamoasiga minnatdorlik bildirgan.

Avval xabar berganimizdek, ko‘p million sonli muxlislar Xalqaro futbol federatsiyasini (FIFA) Argentinaning tarafini olishda ayblamoqda. Xususan, Lotin Amerikasi davlatining Shveysariya hamda Misrga qarshi o‘yinlardagi g‘alabalari shubha uyg‘otgan.

Petitsiya mualliflari FIFA rahbariyati va hakamlar jamoasi mashhur futbolchi Lionel Messiga yon bosayotganini ham aytgan.

Xabaringiz bor, 19-iyul kungi final uchrashuvida Ispaniya terma jamoasi Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.

Final o‘yinidan keyin ham Messi jamoadoshlari mojaroli holatni yuzaga keltirdi. Xususan, futbolchilar Nauel Molina, Leandro Paredes va Tyago Almada hamda Argentina termasi bosh murabbiyi yordamchisi Roberto Ayala Ispaniya futbolchilar bilan to‘qnashuv sodir etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda argentinalik futbolchilar Ispaniya termasi vakillariga kuch ishlatganini ko‘rish mumkin.

Euronews telekanali xabar berishicha, kuchli norozilik va tarmoqlardagi bosim ortidan FIFA Argentina futbolchilarining xatti-harakati tekshirilishini ma’lum qildi. FIFA tayinlagan axloq masalalari bo‘yicha prokuror to‘qnashuv yuzasidan xulosa berishi kutilmoqda.

Argentina vakillarining harakatlari xulq-atvor qoidalarining buzilishi va FIFA talablariga bo‘ysunmaslik deb baholanishi mumkin.

Argentina futbolchilari JCh–2026 kunlarida irqchilik deb atalayotgan holatlarga ham aralashib qolgan. Angliya termasi ustidan g‘alabadan keyin futbolchilarning maydonda “Las Malvinas son Argentinas” (“Folklend orollari Argentinaga tegishli”) degan siyosiy shiorni ko‘tarib chiqqani epizodi ham alohida taftish etilishi kutilmoqda. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring