Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Havo harorati qachon pasayishi mumkinligi ma’lum qilindi

Havo harorati qachon pasayishi mumkinligi ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda havo harorati qachon pasayishi ma’lum qilindi. 

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 38-41 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha isiydi. Bu iyul oyining oxiri va avgust oyining boshi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir. 

1-2-avgust kunlari issiq ob-havo respublika hududining katta qismida saqlanib turadi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda issiq pasayishi boshlanadi. 

Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Keyingi haftada haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlarida kuzatiladi. 

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan 31-iyul-2-avgustda kunduzi 37-40 daraja, kechasi 23-26 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring