Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston Afg‘onistondagi elchixonasini qaytadan ochdi

Hindiston Afg‘onistondagi elchixonasini qaytadan ochdi

Hindiston Kobuldagi elchixonasini qayta ochdi. 2021-yilda Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgach, uning faoliyati to‘xtatilgan edi

“Qaror Hindistonning afg‘on tomoni bilan o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarini chuqurlashtirish qarorini aks ettiradi”, — deyiladi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 

10-oktyabr kuni Hindiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Nyu-Dehli elchixona qayta ochilganini ma’lum qildi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi ham “Afg‘onistonning har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, gumanitar muammolarni hal qilish va qurilish tashabbuslariga ko‘maklashish”ga tayyorligini bildirdi.

Biroq Hindiston haligacha Tolibonning Afg‘onistondagi hokimiyatini tan olganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt avval Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida qurolli ziddiyat vujudga kelgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring