Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Infantinoning o‘rniga kim keladi? FIFA prezidentligi uchun besh asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Infantinoning o‘rniga kim keladi? FIFA prezidentligi uchun besh asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Janni Infantino.

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Marca sport nashri FIFA prezidenti lavozimida Janni Infantinoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan besh asosiy nomzod ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan quyidagilar o‘rin olgan:

  • Nosir al-Xelayfiy — «Pari Sen-Jermen» klubi prezidenti, Yevropa futbol klublari kengashi (EFC) raisi;
  • Viktor Montalyani — FIFA vitse-prezidenti, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) prezidenti;
  • Aleksander Cheferin — UEFA prezidenti;
  • Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa — Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti;
  • Patris Motsepe — Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) prezidenti.

Nashr qayd etishicha, Viktor Montalyani — eng ehtimoliy nomzod. U FIFA kengashi vitse-prezidenti sifatida tashkilotning ichki faoliyatini yaxshi biladi.

Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddati — 2026-yil 18-noyabr. Nomzodni faqat milliy futbol assotsiatsiyasi ilgari surishi mumkin. Bundan tashqari, u kamida beshta milliy federatsiya qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lishi lozim.

FIFA prezidenti saylovi 2027-yil 18-mart kuni Marokash poytaxti Rabot shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq UYeFA FIFA rahbari Janni Infantinoga nisbatan ishonch yo‘qolganini rasman ma’lum qilgan edi. Bunga Infantinoning jahon chempionatlarining tijorat huquqlarini sotish rejasi sabab bo‘lgan. Bu tashabbusni yetakchi futbol konfederatsiyalari keskin rad etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring