Iroqda korrupsiya ishi doirasida 175 mln dollar va 400 kg oltin musodara qilindi
Iroq huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari neft vaziri o‘rinbosari Adnan al-Jumailiy ishtirokidagi korrupsiya tergovi doirasida qariyb 175 million dollar va 400 kg oltinni musodara qilishdi.
Al-Hadath telekanalining xabar berishicha, bu haqda Iroq Oliy sudi kengashi bayonotida aytilgan.
«Bugungi kunga qadar al-Jumailiy ishi bo‘yicha 213 milliard dinor (taxminan 162,5 million dollar) va 12 million dollar naqd pul musodara qilingan. Tergov doirasida mamlakatning turli viloyatlaridagi omborlarda yashiringan 400 kg oltin ham musodara qilindi», deya ta’kidladi kengash.
INA axborot agentligining xabar berishicha, tergov organlari al-Jumailiy va u bilan bog‘liq shaxslarga qarshi ishda yana 27 milliard dinor (20,5 million dollardan sal ko‘proq) musodara qilingani haqida xabar berishdi. Iroq sudining tushuntirishicha, noqonuniy mablag‘lar «ayblanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan loyihalardan mablag‘larni o‘zlashtirish natijasida» olingan.
Iyun oyi oxirida Iroqda 47 nafar yuqori lavozimli amaldor va parlament a’zolari korrupsiya ayblovlari bilan hibsga olingan.
Xabarlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish idoralari turli darajadagi amaldorlar uchun kamida 200 ta hibsga olish orderini chiqargan. Shu bilan birga, Iroq rasmiylari ushbu ish bo‘yicha tergov davom etayotganini va «tez orada neft va elektr energiyasi vazirliklaridagi korrupsiyaga aloqador boshqa nomlar e’lon qilinishini» e’lon qilishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter