Jahon chempioniga uch xonali uy, BYD avtomobili va 15 ming dollar topshirildi

Aytjan Xalmaxanov 24 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionligini tuhfa qilgani haqida xabar bergandik.
O‘rta Chirchiq tumanida voyaga yetgan polvonning g‘alabasi mamlakatimiz sporti tarixida muhim voqea sifatida e’tirof etilmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati bugun ma’lum qilishicha, Aytjan Xolmaxanov fidokorona mehnati, matonati va yurt sha’nini yuksak darajada himoya qilgani uchun munosib taqdirlandi — unga BYD avtomobili hamda 15 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.
Bir necha kun avval chempionga O‘zbekiston prezidentining sovg‘asi — Nurafshon shahrida 3 xonali zamonaviy kvartira kaliti tantanali tarzda topshirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter