Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent viloyatida tibbiyot shaharchasini quradi

Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent viloyatida tibbiyot shaharchasini quradi

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Do‘stlik massivi hududida 400 gektar yer maydonida Janubiy Koreyaning «Haeahn architecture» kompaniyasi («TMSC» MChJ nomi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan) «Tashkent Medical Smart City» xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasini quradi.

Bu boradagi investitsiya loyihasi viloyat hokimligi tomonidan e’lon qilindi.

Loyiha doirasida jami 5 mlrd AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Tibbiyot shaharchasi barpo etish uchun tanlangan 400 gektar sug‘oriladigan yer uchastkalari sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

Bunda investorga ajratilgan yer uchatkasida quyidagi zamonaviy ob’yektlarini barpo etish majburiyati yuklanadi:

  • zamonaviy, xalqaro standartlarga mos keladigan, tibbiyot yo‘nalishdagi turistlarni qabul qiladigan yirik tibbiyot muassasasi;
  • tibbiyot hamda shoshilinch tibbiy yordam markazi;
  • Koreyaning nufuli xalqaro tibbiyot universiteti filiali;
  • tibbiyot yo‘nalishdagi xalqaro maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi;
  • Koreya uslubdagi kvartali (madaniy, tijoriy va ovqatlanish ko‘chasi, turistik ob’yektlar va x.k.);
  • biznes va savdo markazi, mexmonxonalar;
  • ko‘p qavatli uy-joy majmuasi va x.k.

Shu bilan birga, investor ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2025-2034 yillarda belgilangan investitsiya mablag‘larini to‘liq o‘zlashtirishi va ob’yektlarni foydalanishga topshirishi hamda 7000 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishi lozim bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring