Janubiy Koreya prezidenti yagona uyini sotib yubordi
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon o‘zining yagona kvartirasini sotib yubordi.
The Korea Herald nashrining xabar berishicha, u hukumatning ko‘chmas mulk bozorini barqarorlashtirish kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun uni sotishga qaror qildi.
«Mening endi uyim yo‘q», dedi siyosatchi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida.
Prezident devoni dastlabki savdo shartnomasi imzolanganini va bitim yaqin orada yakunlanishini tasdiqladi. Prezident kvartiraga birinchi xonim Kim Xe Kyon bilan birgalikda egalik qilgan. Er-xotin hozirda Seulning Xannamdon tumanidagi rasmiy qarorgohda istiqomat qilishadi.
Prezident Seul yaqinidagi hashamatli Sonnam tumanida joylashgan mulkni fevral oyida sotuvga qo‘ydi. Siyosatchi ko‘chmas mulk bozoridagi spekulyasiya va uy narxlarining tez o‘sib borishiga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlar doirasida Janubiy Koreyaning soliq va moliyaviy siyosatini qayta ko‘rib chiqish rejasini e’lon qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter