Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazirama sabab Qoraqalpog‘istonda qator davlat bog‘chalari yopildi

Jazirama sabab Qoraqalpog‘istonda qator davlat bog‘chalari yopildi

Havo haroratining keskin oshishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, shahar va tuman hokimlarining qarorlariga muvofiq bog‘chalar quyidagi muddatlarda yopiladi:

  • Nukus shahri — 13–18 iyul;
  • Amudaryo tumani 13–15 iyul;
  • Beruniy tumani — 13–17 iyul;
  • Xo‘jayli tumani — 13–18 iyul;
  • Taxiatosh tumani — 13–18 iyul;
  • Shumanay tumani — 13–17 iyul;
  • Mo‘ynoq tumani — 13–17 iyul;
  • Qonliko‘l tumani — 13–17 iyul;
  • To‘rtko‘l tumani — 13–17 iyul.

Qayd etilishicha, mazkur qaror bolalar salomatligini jazirama havo ta’siridan himoya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, sanitariya-epidemiologik xizmatning xulosalari va tavsiyalari asosida qabul qilingan.

Vazirlik ota-onalardan farzandlarining salomatligiga alohida e’tibor qaratish, kunning eng issiq paytlarida ularning ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring