Ko‘chmas mulk sotib olganda eski qarzlar yangi egasiga yuklanmasligi mumkin
Raqobat qo‘mitasi notarial shartnomalardan «eski qarzdorlikni yangi egasiga yuklash» haqidagi bandni olib tashlashni taklif qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayrim holatlarda fuqaro uy sotib olgandan keyin avvalgi mulkdorga tegishli kommunal qarzlar unga yuklatilmoqda. Bu esa amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi. Qonunga ko‘ra, iste’molchi huquqlarini cheklovchi bunday shartlar haqiqiy emas.
Amalda, uy sotilishida «Notarius» tizimi orqali qarzdorliklar tekshiriladi va qarz bo‘lmasa, shartnoma rasmiylashtiriladi. Shuning uchun keyinchalik qarz chiqishi ko‘p hollarda texnik xatolar yoki ma’lumotlarning kechikib kiritilishi bilan bog‘liq.
Masalan, Samarqandda fuqaroga avvalgi egasiga tegishli 13 mln so‘m qarz yuklangan. Keyinchalik bu xatolik ekani aniqlanib, mablag‘ qayta hisoblab berilgan.
Shu kabi holatlarning oldini olish uchun Qo‘mita Adliya vazirligiga shartnomalardan bunday bandlarni chiqarish bo‘yicha taklif kiritgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter