Kutib oling, sun’iy intellektning yangi avlodi — GPT-6 Astra
OpenAI GPT-6 Astra sun’iy intellekt modelini taqdim etdi. Kompaniya uni eng aqlli va moslashuvchan modellaridan biri sifatida baholamoqda. Yangi model kompyuterdan foydalanish, brauzerda ishlash, dasturlash, ilmiy tadqiqot, kiberxavfsizlik va murakkab professional vazifalarni bajarishga moslashtirilgan.
OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, Astra ARC-AGI-3 testida 99,9 foiz, FrontierMath Tier 4da 98 foiz, ExploitBenchda esa 100 foiz natija ko‘rsatgan. Model kompyuterda mustaqil ravishda turli vazifalarni bajarishi, ma’lumot izlashi, hujjatlar bilan ishlashi va dastur kodini yozishi mumkin. Kiberxavfsizlik yo‘nalishida ham Astra ayrim yangi zaifliklarni aniqlagan. OpenAI ularni tegishli mutaxassislarga mas’uliyatli tarzda oshkor qilganini ma’lum qildi.
Hozirda model cheklangan tashkilotlarga taqdim etilmoqda. Yaqin kunlarda GPT-6 Astra dan ChatGPT Plus, Pro, Business va Enterprise foydalanuvchilari, shuningdek, API va bulut platformalari orqali kengroq foydalanishi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter