Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank tomonidan ikki bank va to‘lov tashkiloti jarimaga tortildi

Markaziy bank tomonidan ikki bank va to‘lov tashkiloti jarimaga tortildi

Foto: Xabar.uz

Markaziy bank tomonidan ikki bank va to‘lov tashkilotiga jarima qo‘llanildi.

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026-yilning aprel oyidagi yig‘ilishlar (jami 6 marotaba) davomida 30 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi. 

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 21 ta masala, jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (1 ta), banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (15 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 9 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlar talablarining bajarilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya hamda o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat tashkil etilmaganligi hamda inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring